Evropa Chempionlar Ligasi kubogi Toshkentda

Evropa Chempionlar Ligasi kubogi Toshkentda

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi Kubogi 22 fevral, shanba kuni Toshkentga olib kelindi.

Tadbirni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov va «Tashkent International Beverages» direktori Muzaffar Solijonov ochib berdi.

Marosimda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Milena Madmusayeva va Umid Isroilov ijrosida UYEFA Chempionlar Ligasi madhiyasi jonli yangradi.

Shundan keyin marosimga tashrif buyurgan ishqibozlar Yevropa Chempionlar Ligasi kubogi bilan suratga tushdi.

Shuningdek, tadbirda futbolga oid turli ko‘ngilochar o‘yinlar tashkil etildi.

UYEFA va «Pepsi Uzbekistan» hamkorligida Yevropa Chempionlar Ligasi kubogi O‘rta Osiyo mamlakatlari ichida ilk bor O‘zbekistonga olib kelindi. Mazkur Kubok Toshkentdagi «Anhor Lokomotiv» bog‘ida joylashgan «Axelon» karting klubida bugun, 23 fevral kuni ham namoyish etiladi.

Evropa Chempionlar Ligasi kubogi — bu balandligi 74 sm va og‘irligi 7,5 kg bo‘lgan, ichi oltin qoplamali kumush amforadir. 1955 yildan beri Yevropaning eng zo‘r futbol jamolariga topshirib kelinayotgan kubokning orqa tomoniga turli mavsumlarda g‘olib bo‘lgan klublarning nomlari o‘yib yozilgan. Kubokning hozirgi egasi Angliyaning «Liverpul» klubi hisoblanadi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!