Evro-2020 saralashi. Rossiya Nur-Sultonda Qozog‘istonga 4ta gol urdi

Evro-2020 saralashi. Rossiya Nur-Sultonda Qozog‘istonga 4ta gol urdi

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda 2020 yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichida I guruhi vakillari Qozog‘iston va Rossiya 2-tur o‘yinini o‘tkazishdi.

O‘yin mehmonlarning to‘liq ustunligida kechdi va yirik hisobda yakunlandi - 0:4.

O‘yinning birinchi bo‘limida Denis Cherishev ikkita gol urdi, ikkinchi bo‘limda Artyom Dzyuba ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi, unga Cherishev hammualliflik qildi. Yana bir golni 62-daqiqada qozog‘istonliklar himoyachisi Abzal Beysebekov o‘z darvozasiga yo‘naltirib qo‘ydi.

Tur doirasida guruhning yana ikki vakili o‘zaro o‘ynaydi - San-Marino Shotlandiyani qabul qiladi, Belgiya Kipr mehmoni bo‘ladi.

Rossiya birinchi turda Belgiyaga 1:3 hisobida yutqazgandi, Qozog‘iston esa o‘z maydonida Shotlandiyaga javobsiz 3ta gol urgandi. Rossiyaliklar hozircha 3 ochko bilan guruh peshqadamiga aylanishgan.

Evro-2020 saralashi
I guruhi
2-tur
Qozog‘iston Rossiya 0:4

Gollar: 0:1 19 Cherishev, 0:2 45 Cherishev, 0:3 52 Dzyuba, 0:4 62, avtogol Beysebekov.
Qozog‘iston Nepogodov, Beysebekov, Logvinenko (Vorogovskiy, 29), Maliy, Axmetov, Zaynutdinov, Merkel, Murtazayev (Turisbek, 59), Kuat, Suyumbayev, Persux (Jukov, 85).
Rossiya Gilyerme, Kudryashov, Fernandes, Semenov, Jikiya, Cherishev, Gazinskiy, Ionov (Ignatyev, 61), Axmetov (Al. Miranchuk, 72), Ozdoyev, Dzyuba (Chalov, 83).
Ogohlantirishlar: Suyumbayev (50), Kuat (59), Axmetov (64), Cherishev (70), Zaynutdinov (90+3).

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!