Eski namunadagi pasportlarni almashtirdingmizmi? Muddat tugashiga 20 kun qoldi!

Eski namunadagi pasportlarni almashtirdingmizmi? Muddat tugashiga 20 kun qoldi!

Toshkent shahar IIBB O‘zbekiston fuqarolarining eski namunadagi (nobiometrik) pasportlarning amal qilish muddatiga 20 kun qolgani haqida ogohlantirdi.

Ta’kidlash kerakki, shu paytgacha eski pasportda yurgan, biometrik pasport olmagan fuqarolar 20 kun ichida pasportini almashtirishmasa, ular Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 223-moddasiga muvofiq 111 500 so‘mdan 669 so‘mgacha jarimaga tortiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda biometrik pasportlar 2011 yilning yanvaridan joriy etilgan bo‘lib, eski (nobiometrik) pasportlarni yangisiga almashtirish uchun dastlab 2015 yilning dekabrigacha, keyinchalik 2018 yilning 1 iyuligacha muhlat berilgan edi. Biroq bu vaqtgacha mamlakat aholisining katta qismi pasport almashtirishga ulgurmagani sababli Hukumatning 2018 yil 30 iyundagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik bo‘lmagan pasportining amal qilish muddati 2019 yil 31 dekabrgacha uzaytirilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2021 yilda biometrik pasport o‘rniga ID-kartalar joriy etilishi kutilmoqda. IIVning xabar berishicha, 2021 amaldagi biometrik pasportning joriy etilganiga 10 yil to‘ladi va shu yili berilgan pasportlarning muddati tugaydi. Muddati tugagan biometrik pasportlar bosqichma-bosqich ID-kartalarga almashtiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!