Eronning birinchi prezidenti vafot etdi

Eronning birinchi prezidenti vafot etdi

1979 yildagi Islom inqilobidan so‘ng darhol saylangan Eronning birinchi prezidenti Abulhassan Banisadr 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda IRNA axborot agentligi xabar berdi.

Respublikaning sobiq rahbari uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng Parijdagi Salpetriyer kasalxonasida hayotdan ko‘z yumdi. Eron sobiq prezidentining o‘limi haqidagi xabarni uning rafiqasi, bolalari, aka-uka va opa-singillari ma’lum qilishdi. Shu bilan birga, fransuz matbuoti Banisadrning o‘limi haqida hali xabar bermadi.

Abolhassan Banisadr 1933 yil 22 martda Hamadonning Bagche shahrida tug‘ilgan. U 1980 yil boshidan 1981 yil o‘rtalariga qadar Eron rahbari bo‘ldi. 1981 yil 20 iyunda parlament ovoz berishida "Islom ruhoniylariga qarshi qaratilgan faoliyat uchun" degan ayblov bilan impichment qilindi. O‘sha yilning 1 iyulida u rasman lavozimidan chetlatildi. Erondan qochib, Fransiyada boshpana topdi. O‘tgan to‘rt yil ichida u Eron haqida faol maqolalar yozib, islomiy rejim va uning rahbarlariga qarshi fikr bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!