Erdo‘g‘an yolg‘onchi, terrorizmni qo‘llab-quvvatlaydimi?

Erdo‘g‘an yolg‘onchi, terrorizmni qo‘llab-quvvatlaydimi?

Misr Tashqi ishlar vazirligi Turkiya tomoniga norozilik notasini topshirdi, deya xabar bermoqda Al Arabiya telekanali.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘anning BMT Bosh Assambleyasi 74-sessiyasidagi nutqida Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiyning o‘limida mamlakat rahbariyatini ayblagani Qohiraga yoqmadi.

O‘sha nutqdan keyinoq Misr Tashqi ishlar vaziri Ahmad Hafiz Turkiya prezidentini yolg‘onchilikda, shuningdek Suriya va boshqa bir qator mamlakatlarda terrorchilikni qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblab chiqdi. 

Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy joriy yilning 17 iyunida sud zalida vafot etdi. U josuslik bo‘yicha ayblanayotgan edi. Misr davlat televideniyesi xabariga ko‘ra, Mursiyning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan.

Erdog‘an o‘shandayoq Mursiyning o‘limi uchun Misr hukumatini ayblagan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2013 yilda Abdulfattoh Sisiy harbiy to‘ntarish o‘tkazib, Muhammad Mursiyni hokimiyatdan chetlatgandan beri Misr va Turkiya munosabatlari tarangligicha qolmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!