Er yuzida qancha daraxt borligini bilasizmi?

Er yuzida qancha daraxt borligini bilasizmi?

AQShning Yel universiteti olimlari 2015 yil holatiga ko‘ra, Yer yuzidagi daraxtlar sonini hisoblab chiqdi va uni videolavhada tasvirladi.

2015 yilda Yerda 3,04 trillion daraxt o‘sayotganligi aniqlangan. Shu tariqa, bir kishiga 408 ta daraxt to‘g‘ri keladi. Bu 200 yilda sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlar asosidagi ma’lumotlardagidan 7,1 marta ko‘p demakdir. O‘shanda tadqiqotchilar 400 milliard daraxtni hisoblagan.

Daraxtlar eng ko‘p Rossiya (642 milliard), Kanada (318 milliard), Braziliya (318 milliard), AQSh (228 milliard) va Xitoy (140 milliard)da o‘sadi.

Insoniyat har yili 15 milliard daraxtni kesadi, biroq shu vaqt ichida 5 milliard daraxt o‘sib chiqadi. Sof zarar 10 milliard daraxt deb hisoblansa, daraxtlarning dunyodagi zaxirasi 2300 yilga kelib tugaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!