Eng qo‘rqinchli film: U tomoshabinlarning yurak urishi tezlashishiga qarab aniqlandi

Eng qo‘rqinchli film:  U tomoshabinlarning yurak urishi tezlashishiga qarab aniqlandi

Olimlar Xellouin arafasida eng qo‘rqinchli filmni aniqlashdi.

“Forbes” jurnali o‘z saytida ma’lum qilishicha, buning uchun Britaniyaning “BroadbandChoices” kompaniyasi mutaxassislari kinotomoshabinlarining yurak urishini o‘lchashgan.

Tadqiqot 2020 yil 15 sentyabridan 30 sentyabrigacha o‘tkazilgan. Unda  turli yoshdagi 50 kishi ishtirok etgan. Olimlar filmdagi xotirjam va qo‘rqinchli sahnalar vaqtida tomoshabinlarning yurak urishi tezlashinini nazorat qilishgan.

Tadqiqot yakunlariga ko‘ra “Sinister” (“Sinister”, 2012) filmi eng qo‘rqinchli deb topilgan. Bu filmni tomosha qilish vaqtida tomoshabinlar yurak urishi daqiqasiga 86 marta urgan. Bu odatdagiga qaraganda 32 foizga ko‘p degani (daqiqasiga 65 marta). Shu bilan birga filmning eng qo‘rqinchi sahnasida tomoshabinlar shunchalik qo‘rqib ketishganki, ularning yurak urishi daqiqasiga 131 martagacha oshib ketgan.

“BroadbandChoices” talqiniga ko‘ra eng xorror film beshligiga quyidagilar kiritilgan: “Makkor” (“Insidious”, 2010), “Tavba” (“The Conjuring”, 2013), “Reinkarnasiya” (Hereditary, 2018) va “G‘alati hodisalar” ("Paranormal Activity", 2007


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!