Eng ko‘p giyohvandlik vositalari topiladigan joy – sigaret qutisidir – Toshkent shahar IIBB

A A A
Eng ko‘p giyohvandlik vositalari topiladigan joy – sigaret qutisidir – Toshkent shahar IIBB

Toshkentda sigaret qutisida giyohvand modda olib yurgan shaxs ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 21 iyun kuni taxminan soat 13.20 da Yangihayot tumani “A. Turbanov” YPX postida Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan poytaxtga kirmoqchi bo‘lgan “Spark” rusumli (davlat raqami 01 N 006439) avtomobil to‘xtatilgan.

Maxsus “Qoradori” tadbiri doirasida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida transport vositasi yo‘lovchisi – 1973 yilda tug‘ilgan Ildar SH.ning sigaret qutisidan quritilgan o‘simliksimon modda topilgan.

Topilgan modda xolislar guvohligidan olib qo‘yilgach, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng fuqaro Yangihayot tumani IIO FMBga yetkazildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!