Endi narkotikka o‘xshash bo‘lgan vositalar ham ta’qibga olinadi

Endi narkotikka o‘xshash bo‘lgan vositalar ham ta’qibga olinadi

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzolagani haqida xabar bergan edik.
 
Ushbu qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga giyovandlik vositalari analoglari degan tushuncha kiritildi.
 
Unga ko‘ra, giyovandlik vositalarining analoglari – kimyoviy tuzilishi va xossalariga ko‘ra giyohvandlik vositalariga o‘xshash bo‘lgan, ular singari ruhiyatga faol ta’sir etadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalardir.
 

Qonunchilikka muvofiq giyovandlik vositalari noqonuniy muomalasiga doir jinoyatlarni ta’qib qilishda 2015 yil 12 noyabrdagi 330-sonli Qaror bilan tasdiqlangan I, II i III ro‘yxatlardan foydalanib kelinmoqda.
 
Biroq, Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yildan 2018 yilning 7 oyi davomida respublika hududida muomalada bo‘lishi taqiqlangan yoki cheklangan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ro‘yxatiga kiritilmagan sintetik kannabinoidlarning 8 ta yangi turi aniqlangan.
 
Bu esa o‘z navbatida ushbu vositalarni tarqatgan shaxslarni javobgarlikka tortishga to‘sqinlik qilib kelayotgan edi.
 
Endilikda Jinoyat kodeksi bilan giyovandlik vositalari va prekursorlar bilan bir qatorda giyovandlik vositalarining analoglari bilan bog‘liq jinoyatlar ham ta’qib qilinadi.

Manba: qalampir. com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!