Endi kontrafakt dori vositalarining sotgan dorixonalar ham javobgarlikka tortiladi

Endi kontrafakt dori vositalarining sotgan dorixonalar ham javobgarlikka tortiladi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi mamlakatimiz hududida kontrafakt mahsulotlarning tarqalishiga qarshi o‘zining toqatsizlik ruhidagi tanqidiy munosabatini bildirayotgan blogerlarga o‘z minnatdorchiligini bildirgan holda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kontrafakt dori vositasi bo‘yicha rasmiy munosabatini bildiradi.

Hozirda Agentlik tomonidan kontrafakt dori vositalariga qarshi ko‘rashish bo‘yicha respublikamiz bo‘ylab kuzatuv tadbirlari amalga oshirilmoqda. 

Bugungi kunga qadar o‘tkazilgan kuzatuv tadbirlari davomida 100 dan ortiq kontrafakt dori vositalari aniqlangan.

Ushbu aniqlangan kontrafakt mahsulotlarning har biri Agentlik mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, bosqichma-bosqich ularning ishlab chiqaruvchilariga nisbatan ogohnoma, taqdimnoma, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma singari ta’sir choralari qo‘llanilmoqda.

Ta’kidlash joizki, Agentlik tomonidan joriy yilning aprel – may oylarida respublikadagi barcha dorixonalardagi kontrafakt dori vositalari to‘liq aniqlanib, ularni ishlab chiqrayotgan ayrim “ishbilarmon” tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sudlarga yuboriladi.

Bloger tomonidan telegram ijtimoiy tarmog‘ining TROLL.UZ  kanalida e’lon qilingan “Suprastin” dori vositasining tovar belgisi bilan iste’molchilarni chalg‘itish darajasida o‘xshash bo‘lgan tovar belgisidan foydalanib, “Mer Supralgin” hamda bir qator qonunga xilof ravishda kontrafakt dori vositalarini ishlab chiqarayotgan tadbirkorlik sub’ekti faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda, Agentlikda mavjud ma’lumotlar asosida o‘rganilmoqda.

Shu bilan birga Agentlik kontrafakt dori vositalarining sotilishiga to‘liq chek qo‘yish maqsadida nafaqat ularni ishlab chiqarayotgan, balki ularning savdosi bilan shug‘ullanayotgan dorixona egalarini ham javobgarlikka tortish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlashimiz joizki, ijtimoiy tarmoqlar orqali blogerlar tomonidan kontrafakt mahsulotlar bo‘yicha keng ommaga havola etilayotgan har bir chiqish halqimizning huquqiy ongini oshirishga, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish bo‘yicha jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishiga, jamiyatda intellektual mulkka nisbatan hurmat hissini shakllantirishga xizmat qiladi.

Agentlik tomonidan bu sohadagi muammolarni yoritib borayotgan blogerlarga minnatdorchilik izhor etilgan holda ular tomonidan bildirilgan har qanday tanqidiy fikrlar to‘g‘ri qabul qilinishi va sohani rivojlantirish bo‘yicha ular bilan hamkorlikka tayyorligi ma’lum qilinadi.

Zero, jamoatchilik nazorati jamiyatdagi har qanday salbiy illatlarning oldini olishdagi eng samarali usuldir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!