Endi Jahongir Otajonov to‘ylarda ham qo‘shiq kuylay olmaydi

Endi Jahongir Otajonov to‘ylarda ham qo‘shiq kuylay olmaydi

14 oktyabr kuni xonanda Jahongir Otajonovga “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan AA-seriyali, 7422-son lisenziyaning amal qilishi tugatilgandi. 

Qonunan, lisenziyasidan mahrum etilgan san’atkorlarning qo‘shiqlar va kliplari, tele va radioefirlarda taqdim etilishi mumkin emas. Qolaversa, ular lisenziyasiz konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirishi, to‘y, tug‘ilgan kun, yubiley kabi tadbirlarda qo‘shiq aytishiga ham taqiq o‘rnatiladi. Biroq, lisenziyasidan ayrilgan ayrim san’atkorlar bu tartiblarga rioya qilmay kelardi. 

“O‘zbekkonsert” Jahongir Otajonov bilan bog‘liq vaziyatda uning to‘y va tadbirlarda qo‘shiq kuylashini ham cheklamoqda. 

“Shu o‘rinda xonanda Jahongir Otajonovga konsert-tomosha, to‘y-yubiley va boshqa tantanalarda lisenziyasiz faoliyat ko‘rsatish qonunchilikka asosan javobgarlikka tortilishini eslatib o‘tamiz”, deyiladi muassasaning rasmiy xabarida.   

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 oktyabr kuni "O‘zbekiston" telekanali orqali efirga uzatilgan “Munosabat” tok-shousida studiya monitorida xonanda Jahongir Otajonovning yerga yotgancha qo‘shiq kuylayotgani, ustidan esa pul sochilayotgani tasvirlangan video namoyish etildi. Ushbu video Samarqand viloyati Urgut tumanida bo‘lib o‘tgan to‘yda suratga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!