Endi elektromobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish benzinli mashinalarga nisbatan 5 baravar arzon bo‘ladi

Endi elektromobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish benzinli mashinalarga nisbatan 5 baravar arzon bo‘ladi

Bugun, 1 apreldan boshlab elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport tirkamalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida (510 ming so‘m) to‘lov belgilandi.

Boshqa barcha turdagi avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish esa BHMning 6,84 baravari miqdorida bo‘ladi.

Mazkur imtiyozlar aholini yashil energiyada harakatlanuvchi transport vositalarini xarid qilishga rag‘batlantirish uchun taqdim etilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!