Endi elektromobillarni robot yordamida quvvatlantirish mumkin

Endi elektromobillarni robot yordamida quvvatlantirish mumkin

Dortmundlik muhandislar “Ford” kompaniyasi uchun robotlashtirilgan zaryadlash tizimini ishlab chiqishdi.

Tizimning ishlashini mobil telefondagi ilova yordamida boshqarish mumkin. Elektromobil kuzovidagi rozetka orqasidagi lyuk ochiladi va robot-qo‘l kamera yordamida kabelni ulagichga ulashga qodir. Bu orqali haydovchi elektromobil quvvat olayotganida salondan chiqmaslik imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Quvvatlash jarayoni tugagach, robot kabelni avtomatik ravishda uzib qo‘yadi va zaryadlash stansiyasining korpusida joylashadi.

Buyuk Britaniya aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov shuni ko‘rsatdiki, bu kabi robotlashtirilgan zaryadlash funksiyasi mavjudligi tufayli elektromobil sotib olishga bo‘lgan qiziqish oshib bormoqda, deyiladi techcult.ru saytida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!