Elnur Abduraimov ikkinchi raundda raqibini nokautga uchratdi

Elnur Abduraimov ikkinchi raundda raqibini nokautga uchratdi

Jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Elnur Abduraimov AQShda professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazdi. AQShning Kaliforniya shtati Indio shahridagi “Fantasy Springs Casino” arenasi mezbonlik qilgan bahsda bokschimizga amerikalik charm qo‘lqop ustasi Jovanni Gonsales raqiblik qildi.

Avvalroq, Elnur amerikalik boshqa bir bokschi Xose Salinasga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak edi. Lekin jangga bir kun qolganida raqib o‘zgardi.

Gonsalesga qarshi jangni katta ustunlik bilan boshlagan Abduraimov ikkinchi raundga kelib raqibini nokautga uchratdi. Bu Elnurning uchun ikkinchi jangdagi ikkinchi nokautli g‘alaba bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Gonsales prof ringda 7 ta jang o‘tkazib, ularning 5 tasida g‘alaba qozongan. 2 ta jangda mag‘lubiyatga uchragandi. Bugun uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Elnur esa bir necha kun oldin prof ringdagi debyutini amerikalik Aron Xollinsni nokautga uchratish orqali nishonlagan edi.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!