Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi 6 ming so‘mlik qarz ortidan 920 ming so‘m talab qildi

Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi 6 ming so‘mlik qarz ortidan 920 ming so‘m talab qildi

Majburiy ijro Byuroning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limiga “Montessori-Ta’lim” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari X.Yo‘ldosheva ariza bilan murojaat qildi. 
Arizaga ko‘ra, ta’lim muassasasining elektr energiyasidan 6 ming so‘m qarzi borligi uchun Mirzo Ulug‘bek tumani ETK yuridik iste’molchilar bo‘yicha muhandisi V.Husanov tashkilotni elektr energiyasi tarmog‘idan uzib qo‘ygan. Mazkur 6 ming so‘m qarzdorlikni yopish uchun qonunda belgilangan yuridik shaxslar uchun belgilangan eng kam oylik ish haqining 10 barobari miqdoridagi pullarni ham to‘lashi lozimligini aytadi. Agar tashkilot rahbari eng kam oylik ish haqining 5 barobarini V.Husanovga to‘lasa, hech qanday hujjatlarsiz tashkilotni yana qayta elektr tarmog‘iga ulab berishini aytgan. 
Byuroning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi xodimlari tomonidan ushbu holat yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazildi. V.Husanov Shayxontoxur tumani “Mediapark” savdo do‘koni oldidagi avtomashinalar to‘xtash joyida 920 ming so‘m naqd pul mablag‘larini o‘z shaxsiy ehtiyojlari uchun aldov yo‘li bilan olayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan. 
Mazkur holat yuzasidan qonun hujjatlariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv va tergov ishlari olib borilmoqda. 

Manba: O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!