Eksklyuziv: Lola Karimova suratga oldirgan filmni tomosha qiling (video)

Eksklyuziv: Lola Karimova suratga oldirgan filmni tomosha qiling (video)

12 sentyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillyayeva va uning turmush o‘rtog‘i Temur Tillyayev prodyuserligida suratga olingan “Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” hujjatli filmi jamoatchilikka taqdim etilgani haqida xabar bergan edik. Lola Karimova-Tillyayeva ushbu hujjatli film haqida ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasida shunday yozadi:
 
“Mirzo Ulug‘bek shaxsi meni bolalagimdan o‘ziga maftun etgan. Har gal Samarqandga kelib, XV asrda Samarqandni astronomiya sohasida ilg‘or tadqiqotlar o‘tkaziladigan xalqaro markazga aylantirgan bu buyuk mutafakkir olim va sulhparvar hukmdor haqida eshitganimda buni butun dunyoga so‘zlab berish kerak, deb o‘ylar edim. Serqirra shaxsi o‘zbekistonliklarni yuz yillar davomida ilhomlantirib kelgan Mirzo Ulug‘bekning Vatanida bugun ushbu filmning namoyish etilishi men uchun katta sharaf”.
 
Mazkur kinoasar 2017 yilda 74-Xalqaro Venesiya kinofestivalida “Eng yaxshi xorijiy hujjatli film” nominasiyasida nufuzli “Kineo” mukofotiga sazovor bo‘ldi, Italiyaning Iskya orolida bo‘lib o‘tgan xalqaro kinofestivalda esa “Eng yaxshi hujjatli film” nominasiyasida g‘olib bo‘ldi.
 
Rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev tomonidan suratga olingan filmda Vensan Kassel, Armand Assante, Fransisko Ovalle kabi dunyoga mashhur san’atkorlar, shuningdek, Ma’ruf Otajonov, Javohir Zokirov, Hoshim Arslonov singari o‘zbekistonlik taniqli aktyorlar rol ijro etgan.
Film uchun maxsus musiqani Uolter Afanasyev yozdi.
 
Filmni hozirning o‘zida quyida tomosha qilishingiz mumkin. 

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!