Ekoqo‘mita raisi 6 ta xizmat mashinasidan foydalanadimi?

Ekoqo‘mita raisi 6 ta xizmat mashinasidan foydalanadimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Ekoqo‘mita raisi bir vaqtning o‘zida 6 ta xizmat mashinadan foydalanishi haqida xabarlar tarqaldi.

Qo‘mita ushbu xabarlarni rad etdi.

Ta’kidlanishicha, qo‘mita rahbariyati xizmat avtomashinalaridan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib-qoidalarga asosan foydalanib kelmoqda. Qo‘mita raisiga 1 ta "Mersedes" avtotransport vositasi biriktirilgan. Shuningdek, zarur hollarda xizmat vazifasini o‘tash davomida olis va chekka hududlarga xizmat safari vaqtida yoqilg‘i xarajatlarini tejash maqsadida texnik ko‘mak mablag‘lari hisobidan xarid qilingan navbatchi elektromobil ishlatilishi mumkin.

- Shu bilan birga, shuni ma’lum qilamizki, joriy yilning o‘tgan davrida Qo‘mitaning barcha hududiy bo‘linmalari, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarining olis va chekka hududlarida joylashgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida 40 dan ortiq avtotransport vositalari ("Niva", elektromobil, "Damas") xorijiy hamkorlarning texnik ko‘mak mablag‘lari hisobidan xarid qilindi. Ta’kidlash lozimki, ushbu avtotransport vositalari xaridi uchun byudjet mablag‘lari umuman sarf qilinmagan.

Fursatdan foydalanib, Davlat ekologiya qo‘mitasi shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on, asoslanmagan axborotni tarqatganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida tegishli javobgarlik normalari belgilanganligini eslatib o‘tamiz, - deyiladi Qo‘mita matbuot xizmati xabaridi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!