Dunyoning eng sog‘lom shaharlaridan birining nomi ma’lum bo‘ldi

Dunyoning eng sog‘lom shaharlaridan birining nomi ma’lum bo‘ldi

Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) Madinani dunyoning eng sog‘lom shaharlaridan biri sifatida tan oldi. 

Madinaga kelgan JSST vakillari uning sog‘lom shahar sifatida e’tirof etilishi uchun barcha standartlarga javob berishini tasdiqladi va shaharga tegishli guvohnomani taqdim etdi. Shunday qilib, Madina JSSTning “Sog‘lom shaharlar” dasturi doirasida e’tirof etilgan aholisi 2 milliondan ko‘p ilk shahar bo‘ldi. 

ArabNews nashrining xabar bershicha, JSST guvohnomasini olish uchun jami 22 ta davlat, jamoat va xayriya tashkilotlari, shuningdek, ko‘ngillilar tayyorgarlik olib borgan. 

“Sog‘lom shaharlar” dasturining asosiy maqsadi shaharlarning boshqaruv organlarida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy kun tartibida salomatlik bilan bog‘liq masalalarning ustuvor bo‘lishini ta’minlashdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!