Dunyodagi ochlar va semizlar

Dunyodagi ochlar va semizlar

Dunyo bo‘ylab 150 milliondan ortiqroq bolalar ochlikdan aziyat chekayotgan bir paytda, semizlikka mubtalo bo‘lganlarning soni ham ko‘paymoqda. Bu haqda BMT Butundunyo oziq-ovqat dasturi turk filiali aloqalar bo‘limi direktori Martin Penner ma’lum qildi.

Pennerning so‘zlariga ko‘ra, jahon bo‘yicha ochlar soni o‘sgan. “BMTning ma’lumotiga ko‘ra o‘tgan yilning sentyabr oyida och-naxorlar soni o‘sgan va 821 million kishini tashkil etmoqda. Boshqacha aytganda, hozirgi kunda dunyo bo‘yicha har to‘qqizinchi odam ochlikdan aziyat chekadi”. U yana millionlab kishilarning salomatligi xavf ostida ekanligi, bolalar rivojlanishidagi salbiy ta’sirlar va kattalarda semizlik vujudga kelayotganligi haqida gapirdi.

Shuningdek, Penner oxirgi uch yil davomida ochlarning soni to‘xtovsiz o‘sayotganini ta’kidladi. “Janubiy Amerika va Afrikadagi holat yomonlashmoqda. BMTning oziq-ovqat xavfsizligi haqidagi bayonotida keltirilishicha, ocharchilikka iqlim o‘zgarishi, qurg‘oqchilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorligining pasayishi, shu bilan birga, harbiy to‘qnashuvlar va iqtisodiy vaziyatlar sabab bo‘lmoqda”.

Pennerning so‘zlariga ko‘ra, Osiyoda 515 million, Afrikada 672 million, Lotin Amerikasi va Karib orollari mamlakatlarida 150,8 million kishi ocharchilikka mubtalo, xabar beradi TRT.

Ayni vaqtda, semizlikdan dunyo bo‘ylab 672 million kishi xastalangan. Bu har sakkizinchi kishi demakdir. 5 yoshdan kichkina rivojlanishda orqada qolayotganlar soni 150,8 millionga yetdi, ko‘p ovqat yeyish va semizlikdan aziyat chekuvchi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni 38,3 millionni tashkil etmoqda.

Manba: fitrat. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!