Dunyoda o‘tgan bir kun ichida rekord darajadagi odam koronavirusga chalindi

Dunyoda o‘tgan bir kun ichida rekord darajadagi odam koronavirusga chalindi

Dunyoda o‘tgan bir kun ichida 747 ming kishi koronavirusga chalindi, bu pandemiya boshlanganidan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Bu haqda JSST xabar berdi.

Oldingi antirekord 14 noyabrda qayd etilib, o‘shanda 668 ming holat aniqlangan edi.

Kuniga aniqlangan holatlarning 54%i Shimoliy va Janubiy Amerikaga (405,399), so‘ng Yevropa mintaqasiga (236,050), keyin esa Janubi-Sharqiy Osiyoga (53,082) to‘g‘ri kelgan.

Hammasi bo‘lib dunyoda 61.299.371 kishi kasallikka chalingan, 1.439.784 kishi vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!