Dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 548,8 milliondan oshdi

Dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 548,8 milliondan oshdi

Amerika Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, yakshanba kuni ertalab dunyoda qayd etilgan koronavirus infeksiyasi holatlari soni 548 million 828 ming kishiga yetdi.

Dunyoda virus tarqalishi boshlanganidan buyon 6 million 338 519 kishi COVID-19 infeksiyasi oqibatlaridan vafot etdi.

20 milliondan ortiq infeksiyaga chalingan mamlakatlar qatoriga AQSH, Hindiston, Braziliya, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya kiradi.

Dunyodagi asosiy voqealar statistik ma’lumotlariga ixtisoslashgan Worldometr portali ma’lumotlariga ko‘ra, yakshanba kuni ertalab sayyoramizdagi 1 million kishiga o‘lim darajasi 816,0 ni tashkil etdi. AQShda 1 million aholiga 3115 kishi, Hindistonda 373, Braziliyada 3117, Fransiyada 2282, Germaniyada 1676, Buyuk Britaniyada 2630 kishi vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!