Dunyo bo‘ylab koronavirus qurboniga aylanganlar soni bir milliondan oshdi

Dunyo bo‘ylab koronavirus qurboniga aylanganlar soni bir milliondan oshdi

Dunyoda bir kunda 1917 kishi koronavirusdan vafot etdi va shu bilan o‘limlarning umumiy soni 1.000.202 taga yetdi.

Buni "Worldometer" portalining ma’lumotlari tasdiqlamoqda.

Unga ko‘ra, virus tarqalishi bo‘yicha hamon Qo‘shma Shtatlar dunyoda birinchi o‘rinda (7.294.032 ta xastalikka chalinganlar, 209.236 ta vafot etganlar, undan keyin Hindiston (6.041.638 ta xastalikka chalinganlar, 94.971 ta vafot etganlar), uchinchi o‘rinda esa Braziliya (4.718.115 ta xastalikka chalinganlar, 141.441 ta vafot etganlar).

Pandemiya boshlanganidan buyon dunyoda jami 33 million holat qayd etilgan, 24,5 million bemor sog‘aygan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!