Dollar kursi yana ko‘tarildi, yevro va rubl arzonlashdi

Dollar kursi yana ko‘tarildi, yevro va rubl arzonlashdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, ertaga, 29 sentyabrdan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:

1 AQSh dollari 10 321 so‘m 21 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 5 so‘m 59 tiyinga qimmatlagan.

1 yevro kursi 12 003 so‘m 57 tiyinga baholanib, 207 so‘m 03 tiyinga arzonlashdi.

Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 4 so‘m 21 tiyinga arzonlashdi. Xususan, 1 rubl 132 so‘m 7 tiyin etib belgilangan. 

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!