Diniy idora haydovchilardan Qur’on oyatlari tushirilgan tonirovkalarni o‘rnatmaslikni so‘radi

Diniy idora haydovchilardan Qur’on oyatlari tushirilgan tonirovkalarni o‘rnatmaslikni so‘radi

Checheniston musulmonlar diniy idorasi haydovchilardan avtoulovlariga Qur’on oyatlari tushirilgan tonirovkalar o‘rnatishdan saqlanishni so‘radi. Bu haqda IslamNews nashri xabar bermoqda. 

Checheniston muftiysining o‘rinbosari va Grozniy shahri qozisi Adam Ilyasovning ta’kidlashicha, bunday harakatlar Allohning kalomiga nisbatan hurmatsizlikdir.

“Biz avtoulovlarida Qur’oni karim yozuvi bor haydovchilarni ularni olib tashlashga va Qur’on oyatlarini xor qilmaslikka chaqiramiz. Bunday qilish noto‘g‘ri va hazillashib bo‘lmaydi. Biz bilamizki, Qur’onga faqat tahorat bilan teginish mumkin. Sizlar nima qilyapsiz, oyatlarni mashinaga, yana uning orqa oynasiga, eng iflos qismiga yopishtiryapsiz. Afsuski, bunday xatti-harakatlar bugungi kunda yoshlar orasida keng tarqalmoqda, urfga aylanmoqda. Biz ulardan bunday qilmaslikni so‘raymiz. Ota-bobolarimiz Qur’on bo‘lgan xonada hatto kiyimlarini ham almashtirishmagan. Qur’onni ko‘rganda hurmat yuzasidan o‘rinlaridan turishgan, chunki bu sunnatdir. Bugungi kunda ko‘pchilik bunga yengil qarayapti. Shuning uchun biz Kalomullohni reklama mahsuloti qilib ishlab chiqarayotganlardan, sotayotganlardan, uni olib yopishtirayotganlardan Allohdan qo‘rqishni va uning oyatlarini xo‘rlamaslikni so‘rab qolamiz”, – dedi muftiy o‘rinbosari. 

Shuningdek, Adam Ilyasov faqihlar Qur’on oyatlarini avtoulovlarga tushirish, yopishtirishni taqiqlaganini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!