«Dinamo»dan transfer taqiqi olib tashlandi

«Dinamo»dan transfer taqiqi olib tashlandi

Samarqandning «Dinamo» klubidan transfer taqiqi olib tashlandi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar qildi.

«Shu yilning 25 mart kuni FIFA Nizolarni hal qilish palatasi «Dinamo Plyus» futbol klubi va futbolchi Anton Tolordava o‘rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargandi.

Unda qayd etilishicha, futbolchi va klub o‘rtasidagi moliyaviy nizoli holat 45 kun muddat ichida to‘liq bartaraf etilishi lozim. Agar mazkur masala ko‘rsatilgan vaqt ichida yechim topmasa, FIFA klubga nisbatan transfer taqiqi belgilashi ma’lum qilingan. Keyinroq «Dinamo» belgilangan muddatda ishni yopmagani uchun FIFA may oyida klubga nisbatan transfer taqiqi belgiladi.

«Dinamo» kuni kecha sobiq futbolchisi bilan to‘liq hisob-kitob qildi va klubdan transfer taqiqi olib tashlandi», — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!