Dekabrda qaysi mamlakatlar o‘z Konstitusiya bayramini nishonlaydi?

Dekabrda qaysi mamlakatlar o‘z Konstitusiya bayramini nishonlaydi?
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Konstitusiyasi 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan. Ushbu qonun 6 bo‘lim 26 bob 128 moddadan iborat. Ayni kunlarda butun O‘zbekistonda Davlat Konstitusiyasining 26 yillik tadbirlari keng nishonlanmoqda.
 
Xo‘sh, dunyoning yana qaysi davlatlari dekabr oyida o‘z Konstitusiyasi qabul qilingan kunni nishonlaydi? Quyida ayrim ma’luotlar orqali javob olishingiz mumkin:
 
  • Har yili 6 dekabrda Ispaniya Respublikasi ham o‘z Konstitusiya bayramini nishonlaydi. Qomus 1978 yilda qabul qilingan. Ispaniyaliklar Konstitusiyani 30 yillik diktatura ustidan qozonilgan g‘alaba deb hisoblashadi;
   
  • 12 dekabr Rossiya Federasiyasida ham Konstitusiya kuni hisoblanadi. Qonun 1993 yilda qabul qilingan bo‘lib, davlat tuzumida eng yuqori kuchga ega.
 
Irlandiyaliklar esa yangi yil arafasida o‘z Konstitusiya bayramlarini nishonlashadi. Qonun 1937 yil 29 dekabrda qabul qilingan. 2009 yilgacha unga 23 ta o‘zgartirishlar kiritilgan.
 
Manba: qalampir.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!