Dehli zaharli tuman bilan qoplandi

Dehli zaharli tuman bilan qoplandi

Payshanba kuni Hindiston poytaxti Dehli zaharli tuman bilan qoplandi. Halokatli ifloslantiruvchi moddalar havoga to‘planib qolgan.

Havo sifati indeksi 500 o‘lchovli shkalada 400 dan oshdi. Bu sog‘lom odamlarga xavf tug‘diradigan va mavjud kasalliklarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan «og‘ir» sharoitlar yuzaga kelganini anglatadi. Ushbu indeks qon oqimiga kirishi mumkin bo‘lgan  ifloslantiruvchi modda-PM2. 5 ning miqdorini o‘lchaydi.

Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotiga ko‘ra,  bunday ifloslantiruvchi moddalar mavjud havodan doimiy nafas olish o‘pka saratoni kabi kasalliklarning rivojlanish xavfini tug‘dirishi mumkin.

Favqulodda choralar rejasiga binoan,  hokimiyat g‘isht fabrikalarini yopib qo‘ydi va kun davomida barcha qurilish ishlarini to‘xtatdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Dehli shahri havosining ifloslanishining 50 foizi avtoulovlardan chiqayotgan zaharli moddalar va sanoatda chiqarilgan tutunlar hisobiga to‘g‘ri keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!