Davlat xizmatlarida Odilbek-robot paydo bo‘ldi

Davlat xizmatlarida Odilbek-robot paydo bo‘ldi

Davlat xizmatlari agentligi o‘z xizmatlarini aholiga oddiy va sodda qilib tushuntirish uchun robot personaj — Odilbek xizmatlaridan foydalanishga o‘tdi. Bu haqda agentlikning Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.

Odilbek-robot xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari agentligining telegram-kanaliga o‘tishingiz kerak.

Robot ishni elektron raqamli imzo (ERI) nimaligini tushuntirish va uni qanday olish mumkinligidan boshladi. Chunki ERI barcha davlat xizmatlarining kaliti — bu xizmatlardan foydalanish uchun sizda albatta elektron raqamli imzo bo‘lishi kerak.

Manba: 7news. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!