Davlat gazetasi hokimiyatga raddiya sifatida bo‘sh sahifa bilan chop etildi

Davlat gazetasi hokimiyatga raddiya sifatida bo‘sh sahifa bilan chop etildi

«Taxti Qubod»ning bosh muharriri Adolat Sayfulloyeva gazetaning ikkinchi sahifasida berilgan maqolada «birinchi sahifa — rahbar o‘z yuzini ko‘radigan oynadir», deb yozadi. «Bu ob’ektiv ma’lumot berilmayotganiga qarshi norozilik ifodasidir», — deya izoh beradi Sayfulloyeva. Bosh muharrir rahbarlardan birortasi yil davomida gazeta uchun bitta satr ham yozmaganidan shikoyat qiladi.

Rahbarlar bilan bog‘lanolmaslik va davlat tashkilotlaridan ma’lumot olish qiyinligi Tojikiston matbuotidagi eng katta muammolardan biridir.

90 yillar boshida O‘zbekistonda  ham kuchli senzuraga raddiya sifatida ko‘plab gazetalar bo‘sh sahifalar chop etilgani holati  qayd etilgan. Matbuotning o‘ziga xos norozilik aksiyasi ko‘pchilikning yodida qolgan. Undan keyin jurnalistlarga bir necha bor tahdid bo‘lgani yoki so‘z erkinligi bo‘g‘ilishi kabi boshqa holatlarda hozircha o‘zbek jurnalistikasi o‘sha paytdagi birlashuvchanlikni namoyon qilmagan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!