Daryoga tushib ketgan 17 yoshli qirg‘izistonlik yigitning jasadi O‘zbekistonda topildi

Daryoga tushib ketgan 17 yoshli qirg‘izistonlik yigitning jasadi O‘zbekistonda topildi

17 yoshli qirg‘izistonlik o‘smirning jasadi O‘zbekiston hududida topildi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston mamlakat FVVga asosan.

Yigit 14 kun avval Jalolobod viloyati Oksiy tumanidagi Norin daryosiga tushib ketgandi. 10 kun davomida FVV qutqaruvchilari qidiruv ishlarini olib borishdi, ammo natija bermadi.

28 iyun kuni o‘smirning jasadi O‘zbekiston hududida mahalliy aholi tomonidan topildi. U daryo oqimi bilan olib ketgan. Uning shaxsi tasdiqlanib, shu kunning o‘zida jasad qarindoshlarga topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!