Daniyada qorako‘zan yetishtirish vaqtincha taqiqlandi

Daniyada qorako‘zan yetishtirish  vaqtincha taqiqlandi

Daniya parlamenti 2022 yil 15 yanvargacha qorako‘zan yetishtirishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi. 

Ushbu qonunni buzganlik uchun jarima va yarim yilgacha qamoq jazosi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, hujjat bilan fermerlarga kompensasiya ajratilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, noyabr o‘rtalarida Daniya parlamenti odamlar orasida koronavirusning qorako‘zanlarda mutasiyaga uchragan shakli bilan kasallanish holatlari aniqlangandan keyin mamlakatda yetishtiriluvchi 15 mln bosh qorako‘zan yo‘q qilinishini ma’qullagandi.

 Daniya dunyo bo‘yicha eng ko‘p qorako‘zan mo‘ynasi yetkazib beruvchi mamlakat hisoblanadi. Mamlakatda 1139 ta qorako‘zan fermasi faoliyat ko‘rsatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!