Daniya qirollik oilasi Trampning qaroridan hayratda

Daniya qirollik oilasi Trampning qaroridan hayratda

Daniya bosh vaziri  AQSh Prezidenti Donald Trampning Grenlandiya sotib olish  haqidagi rejasi “asossiz” ekanini aytganidan so‘ng D. Tramp Daniyaga tashrifini bekor qilishga qaror qildi. Daniya Qirollik saroyi vakilining 21 avgust kuni bergan ma’lumotiga ko‘ra, bu qaror Daniya qirollik saroyini hayratga solgan.

AP ma’lumotlariga ko‘ra esa, rasmiy ravishda Trampni Daniyaga 2-3-sentyabrda tashrif buyurishga taklif qilgan. Qirollik oilasi uchun bu xabar ajablanarli bo‘ldi.

Daniya bosh vaziri AQShning yarim avtonom hududini sotish g‘oyasini rad etgandan so‘ng, Tramp Twitterda tashrifni bekor qilish qarorini e’lon qildi.

“Daniya ajoyib odamlari bilan juda muhim mamlakatdir, lekin bosh vazir Mette Frederiksenning Grenlandiyani sotib olishni muhokama qilishdan manfaatdor emasligiga asoslanib, men ikki hafta ichida amalga oshishi kerak bo‘lgan uchrashuvimizni boshqa vaqtga qoldiraman", deydi Tramp.

Daniya hukumati Trampning qarori yuzasidan hech qanday javob bermadi.

Grenlandiya Atlantika va Shimoliy Muz okeani orasida joylashgan; 1,7 million kvadrat kilometrlik muz qoplami orolning 80% qismini qamrab oladi.

Orqaga chekinayotgan muzlar Grenlandiyaning neft va mineral resurslarini yuzaga chiqarishi mumkin, agar ular muvaffaqiyatli ishlatilsa, orolning kelajagini sezilarli darajada o‘zgartirishi mumkin. Biroq, Grenlandiya suvlarida hali neft topilmadi va muzning qalinligi tufayli faqatgina qirg‘oq hududlarida tadqiqot ishlarini amalga oshirish mumkin xolos.

Oq uy matbuot kotibi Djadd Dir ham Daniyaga tashrifi bekor qilinganini tasdiqladi. Trampning Polshaga tashrifi esa amalga oshishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!