Damas va poyezd to‘qnashuvi natijasida uch qiz halok bo‘ldi

Damas va poyezd to‘qnashuvi natijasida uch qiz halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyatida poyezd va Damas avtomobili to‘qnashuvi natijasida uch qiz qiz halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi.

3 dekabr kuni taxminan 8:10 da Farg‘ona viloyati Quva tumani Akbarobod qishlog‘idagi qo‘riqlanuvchi yo‘lda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, natijada uch kishi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, «Qo‘qon-Marg‘ilon-Andijon» temir yo‘lining 3-piket 279-kilometrida Damas avtomobili (davlat raqami 40V184QA) qo‘pol ravishda YHQni buzib, elektropoyezd (№6312) bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida mashinaning uch nafar yosh qiz yo‘lovchisi — G. A. (1999 y.t.), S. A. (2000) va M. K. (2004) hayotdan ko‘z yumdi, besh kishi, jumladan haydovchi M. D. (1986) va to‘rt qiz — S. K. (2000), J. S. (1995), Z. K. (1995) va D. A. (1995) jarohatlandi. Jarohatlanganlar tuman markaziy shifoxonasi jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.

Manba: gazeta.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!