Dahshat! Italiyalik yigit koronavirus tufayli ma’shuqasini bo‘g‘ib o‘ldirdi

Dahshat! Italiyalik yigit koronavirus tufayli ma’shuqasini bo‘g‘ib o‘ldirdi

Italiyada koronavirus sabab qotillik sodir etildi. Sisiliyaning Messina shahrida yashovchi 28 yashar Antonio de Pache 27 yoshli ma’shuqasi Lorena Kuarantani bo‘g‘ib o‘ldirdi. Yigit sevgan qizi unga SOVID-19 infeksiyacini yuqtirdi degan gumonda bo‘lgan, deb xabar beradi «xabar.uz» nashri.

Qizning joni uzilgach, Antonio de Pache ham o‘zini o‘ldirishga uringan, ammo buning uddasidan chiqmagan. So‘ng polisiyaga qo‘ng‘iroq qilib, qotillik sodir etgani haqida xabar bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, yigit ham, qiz ham Sisiliyadagi shifoxonada faoliyat yuritgan va koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda ishtirok etib kelgan. 

Tibbiy tekshiruv Antonio de Pache adashganini ko‘rsatdi: qizda ham, yigitda ham infeksiya aniqlanmagan. 

Bu qarangki, Lorena Kuaranta o‘limidan bir kun avval Facebook tarmog‘ida aynan koronavirusdan vafot etgan italyan shifokori haqida post qoldirgan. «Ayni paytda muhabbat va mas’uliyat ko‘rsatish hamma narsadan muhim. O‘zingizni, oilangizni hamda vataningizni asrang! Bemorlar uchun jon olib jon berayotgan insonlarni unutmang. Bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilaylik, ammo uyimizda qolaylik. Virusning keyingi qurboni yaqiningiz yo o‘zingiz bo‘lib qolmang», deb yozgan L.Kuaranta.

Qotillik qurboni hali tibbiyot instituti talabasi edi. Xabarlarga qaraganda, hali o‘qishni tamomlagan bo‘lsa-da, Lorena Kuarantaga o‘limidan so‘ng shifokor unvoni berilgan.

SOVID-19 infeksiyaci Italiya bo‘ylab misli ko‘rilmagan shiddat-la yoyilmoqda. Ayni paytda mamlakat bo‘yicha virusga chalinganlar soni 115 ming nafardan ortdi. Undan vafot etganlar esa 14 mingga yaqinlashib qoldi. Kuzatuvchilar koronavirus sabab ishi va daromadidan ayrilgan aholi orasida jinoyatchilik kuchayishidan xavotir bildirmoqda. Xususan, Kampaniya, Kalabriya, Sisiliya, Apuliya kabi nisbatan qashshoq muzofotlarda vaziyat og‘irlashib borayotgani aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!