COVID-19ga chalingan inson hayotining so‘nggi lahzasida nimani ko‘rishini bilasizmi?

COVID-19ga chalingan inson hayotining so‘nggi lahzasida nimani ko‘rishini bilasizmi?

Sent-Luisdagi Vashington universiteti Tibbiyot markazi intensiv davolash bo‘limi shifokori Ken Remi Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida COVID-19 ga chalingan bemorlar o‘z hayotlarining so‘nggi daqiqalarida nimani ko‘rishlarini aniq ko‘rsatib berdi.

Bu haqda "sputniknews-uz.com" yozmoqda.

Shifokorning ta’kidlashicha, u bemorlardan biri jon berib, bu haqdagi xabarni uning qarindoshlariga yetkazishga majbur bo‘lganidan so‘ng ushbu rolikni suratga olishga qaror qilgan.

Video avvalida Remi o‘zining yuziga kamerani bir necha bor yaqinlashtiradi va uzoqlashtiradi. Shifokorning tushuntirishicha, hayoti qil ustida turgan va o‘tkir kislorod yetishmovchiligini his qilayotgan inson atrofdagilarni xuddi shunday ko‘radi.

"Nafas olishingiz bir daqiqada 40taga yetganida, kislorod darajasi esa 80tagacha tushganida siz shunday ko‘ra boshlaysiz", - deya aniqlik kiritgan mutaxassis.

Shunday holatni boshdan kechirmaslik uchun shifokor barcha insonlarni individual himoya vositalaridan foydalanishga va ijtimoiy masofani saqlashga chaqirib qolgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!