CNN jurnalisti Tramp bilan ziddiyatdan so‘ng Oq uyga kirish huquqidan mahrum etildi

CNN jurnalisti Tramp bilan ziddiyatdan so‘ng Oq uyga kirish huquqidan mahrum etildi

Oq uy 7 noyabr kuni matbuot anjumanida prezident Donald Tramp bilan bo‘lgan ziddiyatdan so‘ng CNN kanali jurnalistining Oq uyga kirish ruxsatnomasini bekor qildi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.

Ushbu ma’lumotni jurnalist Jim Akosta ham tasdiqlagan.

Oq uydagi brifing chog‘ida Akosta Trampga muhojirlar haqida savol berdi, bu esa prezidentga yoqmadi. Jarayon o‘zaro aytishuvga aylanib ketdi. Shu paytda president ma’muriyati xodimi jurnalistning qo‘lidan mikrofonni olib qo‘yishga urindi. Biroq ushbu harakat besamar ketdi.

Akostaning Oq uy xodimasiga nisbatan qilgan harakati «qabul qilib bo‘lmaydigan» deb baholangan.

Shuningdek, Oq uyda jurnalistining bu qilig‘i boshqa jurnalistlarga nisbatan ham hurmatsizlik sifatida baholangan.

Daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!