Chustda bozordan kiyim o‘g‘irlagan ayollar qo‘lga olindi

Chustda bozordan kiyim o‘g‘irlagan ayollar qo‘lga olindi

23 oktyabr kuni Namangan shahrida yashovchi fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilib, 22 oktyabr kuni soat 11:00 larda, Chust shahridagi buyum bozorida savdo qilib turgan vaqtida noma’lum shaxs, rasta ustida turgan narxi 1.100.000 so‘mlik ayollar kiyim-kechaklarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat bo‘yicha tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Chust tumanida yashovchi ikki nafar ayol sodir etganliklari aniqlangan va daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!