Chuqur hamdardlik bildirildi

Chuqur hamdardlik bildirildi

Joriy yil 16 mayda Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyati vakillari – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov, vazir o‘rinbosarlari L.Kudratov va SH.Vafayev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor etish maqsadida Birlashgan Arab Amirliklarining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasiga tashrif buyurdi.

Birlashgan Arab Amirliklarining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Said Matar Sulton as-Siri al-Kamzi bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning BAAning qisqa vaqt ichida jahon mamlakatlari orasida namunaviy keskin o‘sishni namoyish etgan eng jadal rivojlanayotgan davlatlardan biri sifatida shakllanishidagi ulkan hissalari qayd etildi.

Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon prezidentligi davrida O‘zbekiston va BAA ikki tomonlama munosabatlari faollashgani hamda sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida ta’kidlandi.

O‘z navbatida, BAAning diplomatik vakolatxonasi rahbari hamdardlik so‘zlari uchun chuqur minnatdorlik hamda barcha sohalarda keng ko‘lamli ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Elchixonaga tashrifi chog‘ida S.Umurzakov maxsus ta’ziya kitobida yozuv qoldirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!