Chiroyli avtoraqam sotuvi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

Chiroyli avtoraqam sotuvi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

O‘zbekistonda chiroyli avtoraqam sotilishi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi, deb xabar bermoqda Spot O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi ma’lumotlariga tayanib.

2021 yilning dastlabki 6 oyida o‘zbekistonliklar 70 mingdan ortiq chiroyli avtoraqamlar sotib olishga jami 139 milliard so‘m sarflagan. Bu chiroyli avtoraqamlar sotuvga chiqarila boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich. Avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 3 barobarga, hajmi bo‘yicha 50,6 foizga o‘sgan.

Sotilgan avtoraqamning eng past bahosi 450,5 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 million so‘mni tashkil qilgan.

Ma’lumot uchun, 2020 yilda onlayn auksionlar orqali 243 milliard so‘mlik, 2019 yilda esa 156,1 milliard so‘mlik chiroyli raqamlar sotilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!