Chilonzorda sauna yonib ketdi. Bir kishi...

A A A
Chilonzorda sauna yonib ketdi. Bir kishi...

Toshkentning Chilonzor tumani Arnasoy ko‘chasida joylashgan «Zdorovoye Telo» kompaniyasiga qarashli saunada 15 sentyabr, yakshanba kuni soat 16:45 atrofida yong‘in yuz bergan.

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatidan xabar berishlaricha, ikkita o‘t o‘chirish bo‘linmasi hodisa joyiga soat 16:52 da yetib borgan va yong‘in 17:04 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida saunaning 6 kvadrat metr maydonida ichki jihozlari yongan, 114 kvadrat metr maydoni esa yong‘indan saqlab qolingan.

«Saunaning 27 yoshli ishchisi tutundan dimiqqan holda qutqarib qolingan va shifoxonaga yuborilgan», — deyiladi DYOXX axborotida.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘in saunadagi qozonxonaning qizib ketishi oqibatida yuz bergan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!