Chexiya Ukraina uchun 500 ming snaryad sotib oldi

Chexiya Ukraina uchun 500 ming snaryad sotib oldi

Chexiya NATO mudofaa vazirlariga Ukraina uchun 500 ming snaryad sotib olganini ma’lum qildi.

Bu haqda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukraina-NATO kengashining mudofaa vazirlari darajasidagi onlayn formatdagi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

“Chexiya snaryadlar tashabbusi doirasida Kiyev uchun yarim million snaryad sotib olganini tasdiqladi”, dedi Stoltenberg.

U, shuningdek, NATOning bir qancha davlatlarining yaqinda Kiyevga yangi qurollar yetkazib berish haqidagi va’dalarini, jumladan Germaniyaning Ukrainaga Patriot havo mudofaa tizimlarining navbatdagi batareyasini yuborish qarorini olqishladi. Alyans bosh kotibi ta’kidlaganidek, Ukrainadagi qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarning 99 foizi NATO davlatlari tomonidan yetkazib beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!