Chernogoriya Jurnalistlar uyushmasi Dariya Duginani vafotidan keyin "Hayot uchun" mukofoti bilan taqdirladi

Chernogoriya Jurnalistlar uyushmasi Dariya Duginani vafotidan keyin "Hayot uchun" mukofoti bilan taqdirladi

Chernogoriya Jurnalistlar uyushmasi (UJJ) rossiyalik jurnalist Dariya Duginani vafotidan keyin “Hayot uchun” mukofoti bilan taqdirladi.

Bu haqda tashkilotga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Taqdirlash marosimi Podgorisa shahrida Chernogoriya Jurnalistlar uyushmasining yillik kongressi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Uyushmaning "Hayot uchun" yillik bosh mukofoti Dugina va chernogoriyalik jurnalist Petar Milatovichga topshirildi.

Duginaning mukofotini Rossiya tomonidan Rossiya Jurnalistlar uyushmasi raisi Vladimir Solovyov qabul qildi.

“Biz bu mukofotni Dariya Duginning otasi, mashhur rus faylasufi janob Duginga albatta topshiramiz”, dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!