Chegaralar sentyabrgacha yopiq turishi mumkin

Chegaralar sentyabrgacha yopiq turishi mumkin

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron kasaba uyushmalari rahbarlari bilan o‘tkazilgan yopiq videoanjuman vaqtida chegaralar masalasiga to‘xtalib o‘tdi

Amerikada kasallik tarqalishining o‘sishi va Afrikada boshlanishi haqida so‘zlar ekan, Makron Yevropa davlatlari o‘rtasidagi chegaralar va tashqi chegaralar kamida sentyabrgacha yopiq turishi mumkinligini aytdi. 

Bu borada qanday qaror qabul qilinishi 13 aprel kuni ma’lum bo‘ladi. Shu kuni Makronning xalqqa murojaat qilishi belgilangan.

Koronavirus tarqalishi sababli YEI mamlakatlari 18 mart kuni uchinchi davlatlar fuqarolarining Yevroittifoq hududiga zarur bo‘lmagan safarlarini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!