Buyrak kasalliklari koronavirusdan vafot etish xavfini ikki karra oshiradi - olimlar

Buyrak kasalliklari koronavirusdan vafot etish xavfini ikki karra oshiradi - olimlar

Buyrak kasalliklari koronavirus infeksiyasidan vafot etish xavfini ikki martadan ko‘proq oshiradi. Bu haqda Buyuk Britaniya olimlarining Anaesthesia jurnalida e’lon qilingan tadqiqotlari natijalarida aytiladi.

Mutaxassislar 10 martdan 23 iyungacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida London va Birmingemdagi to‘rtta kasalxona reanimasiya bo‘limlariga COVID-19 bilan yotqizilgan 372 nafar bemorga oid ma’lumotlarni o‘rganib chiqdi.

216 nafar bemorda surunkali yoki infeksiya oqibatida kelib chiqqan muammolar bo‘lgan. Ulardan 107 kishi (50 foizi) vafot etgan. Buyragida muammo bo‘lmagan qolgan 156 bemordan esa 32 nafari (21 foizi) vafot etgan.

Tadqiqotchilar taxmin qilishicha, o‘limga olib kelish ehtimoli virusning organizmga umumiy ta’siriga, infeksiyani davolashda zaharli vositalardan foydalanishga, shuningdek, o‘pka va buyrak o‘rtasidagi bir yo‘la bir nechta tomondan bog‘liqlikka aloqador.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!