Buxoro shahridagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘konida portlash sodir bo‘ldi

Buxoro shahridagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘konida portlash sodir bo‘ldi

Buxoro shahridagi savdo do‘konlaridan birida portlash sodir bo‘lgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 1 mart kuni soat 8:57larda Buxoro shahri, “Yoshlik” MFY, Alpomish ko‘chasida joylashgan 2-qavatli binoning 1-qavatidagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘konida chaqnash sodir bo‘lgan. Bunga do‘kon yerto‘lasida gaz-havo aralashmasi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Chaqnash oqibatida 1-qavatning 2 dona beton plitasi qulab tushgan. Hozirda chaqnash sababi va zarari aniqlanmoqda. Voqea joyida yong‘in sodir bo‘lmagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 1 nafar fuqaro voqea joyida xalok bo‘lgan hamda yana 1 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.

Voqea joyiga viloyat va shahar FVB rahbariyati hamda yong‘in-qutqaruv ekipajlari, IIB, prokuratura, “Hududgazta’minot” va Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimlari chiqishgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!