Bundesliga klubi Eldor Shomurodov uchun taklif bilan chiqdi va 10 million yevro taklif qildi

Bundesliga klubi Eldor Shomurodov uchun taklif bilan chiqdi va 10 million yevro taklif qildi

«Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodovning vakili Qahhor Mo‘minov futbolchining Yevropa top-klublariga o‘tish imkoniyatlariga baho berdi.

«Transfermarkt portali Eldorning «Rostov»ga o‘tganida 750 ming yevro to‘langanini yozdi. Ammo unday emas. «Rostov» Eldor uchun karrasiga kam to‘lagan.

Hozir u eng yaxshi to‘purar, yaqinda shartnomani uzaytirdi. Shu tufayli bugungi kunda transfer qiymati ham o‘zgacha bo‘lishi kerak. Umuman olganda, futbolchi uchun qancha taklif qilinsa, demak, uning narxi shuncha bo‘ladi.

«Shtutgart» 10 million yevro atrofida, SSKA ham shunga yaqin qiymatni taklif qildi. «Rostov» bu masalaga qishda qaytishini bildirdi. Ammo mavsum o‘rtasida bu oson bo‘lmaydi.

Eldor va uning oilasi bilan gaplashdim. Yozda top-klublardan munosib taklif tushsa, transferni talab qilamiz. «Rostov» bilan shartnoma imzolaganimizda aynan shu haqda kelishib olganmiz», – deb Mo‘minov so‘zlarini keltirmoqda Rossiyaning Sport sayti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!