Bulung‘ur tumanida tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanib kelgan MCHJ aniqlandi

Bulung‘ur tumanida tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanib kelgan MCHJ aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “E.S.” MCHJga qarashli avtomobillarga siqilgan gaz quyish shahobchasidagi elektr energiyasi hisoblagichiga yashirin tarzda uskunalar o‘rnatgan holda foydalanib kelinganligi natijasida, davlat va jamiyat manfaatlariga 3,5 mlrd so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!