Bugundan O‘zbekistonda «Chevrolet Onix» avtomobili uchun shartnoma berish boshlandi

Bugundan O‘zbekistonda «Chevrolet Onix» avtomobili uchun shartnoma berish boshlandi

Bugundan, ya’ni 1 noyabrdan boshlab «UzAuto Motors» kompaniyasi «Chevrolet Onix» avtomobili uchun shartnoma berishni boshladi.

Kompaniya «Chevrolet Onix» uchun narxlarni qo‘shimcha qiymat solig‘isiz e’lon qildi. Bu degani mashinalar ko‘zingizga xuddi arzondek ko‘rinadi, ammo aslida ko‘rsatilgan narxning ustiga yana 15% QQS qo‘shib to‘lashingiz kerak.

💰Hozirda sotuvda mavjud narxlar quyidagicha:

1LS 1,2 MT – 133 040 000 — 152 mln 996 ming so‘m;
3LT 1.2 MT – 141 960 000 — 163 mln 254 ming so‘m;
LTZ 1,2 Turbo AT – 165 180 000 — 189 mln 957 ming so‘m.

⏳ Shuningdek, yana eng arzon 1,2 MT Soddalashtirilgan komplektasiya ham bor. Uning narxi 110 mln — 126 mln 500 ming so‘m. Lekin bu eng arzon pozisiya sotuvda yo‘q. Olmoqchi bo‘lgan xaridorlar ariza berar ekan, agar yetarli ariza to‘plansa (etarli deganda qancha ariza nazarda tutilayotgani noma’lum), keyin kompaniya bu pozisiyani ishlab chiqarish yoki chiqarmaslikni o‘ylab ko‘rarkan. Xullas, katta ehtimol bilan bunaqa arzon komplektasiyadan umid qilmasa ham bo‘ladi.

Demak, bugundan barcha avtosalonlarda odam gavjum bo‘lishi, shartnoma olish uchun turnaqator navbatlar yuzaga kelishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!