Bu yil 1.8 milliondan oshiq hoji haj amalini ado etdi

Bu yil 1.8 milliondan oshiq hoji haj amalini ado etdi

Saudiya Arabistoni Podshohligi statistika bosh boshqarmasi haj amallarini bajarish uchun kelgan ziyoratchilar sonini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

– Bu yil 1 million 833 ming 164 nafar kishi haj amalini ado etgan. Shundan ichki ziyoratchilar soni 221 ming 854 nafar.

– Hojilarning 958 137 nafari erkak, 875 027 nafari esa ayollardir.

– Ziyoratchilarning 22,3 foizi arab, 63,3 foizi esa Osiyo, 11,3 Afrika davlatlaridan, Yevropa Amerika, Avstraliya va boshqa mamlakatlardan kelgan ziyoratchilar soni esa 3,2 foizni tashkil etgan.

– Ziyoratchilarning asosiy qismi havo yo‘llari orqali kelgan.

– Bu yil yurtimizdan 15 ming 130 nafar fuqaro haj ibodatiga muyassar bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz: 22 iyundan 12 iyulga qadar hojilarimizni Jidda shahridan O‘zbekistonga olib kelish ishlari amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!