"Bu — yangi Qozog‘iston": Toqayev yirik biznesmenlarni ogohlantirdi

"Bu — yangi Qozog‘iston": Toqayev yirik biznesmenlarni ogohlantirdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakatning yirik ishbilarmonlari bilan uchrashuvda Qozog‘iston biznes-elitasini yo‘qotadigan narsasi borligidan ogohlantirdi, deb xabar beradi KazTAG.

«Fuqarolarning iqtisodiy foydalarini qayta taqsimlash ko‘p jihatdan biznesga bog‘liq. Biz hammamiz saboq olishimiz va yangi Qozog‘istonning asosi bo‘lishi kerak bo‘lgan yangi iqtisodiy siyosatni qurish ustida birgalikda ishlashni boshlashimiz kerak. Uning asosiy tamoyillari halol raqobat, qabul qilinayotgan qarorlarning shaffofligi, biznesning soliqqa oid halolligi, tadbirkorlarning ijtimoiy mas’uliyati bo‘lishi kerak. Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishidan aynan yirik biznes, bizning burjuaziya manfaatdor ekanligiga ishonchim komil, chunki mamlakat biznes elitasining yo‘qotadigan narsasi bor», — dedi Toqayev.

Shu bilan birga, u «biznesingizni yanada kengaytirish va rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjud», deya qo‘shimcha qildi u.

«Hukumat va biznes o‘rtasidagi konstruktiv hamkorlik ijtimoiy barqarorlik uchun mustahkam poydevor yaratadi, bu esa, o‘z navbatida, men aytib o‘tgan iqtisodiy va, albatta, siyosiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning eng muhim shartidir», — dedi Toqayev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!